
"Bugungi o'yindan qoniqmadik. Ish jarayoni qanday kechganida muammo bor. Ko'p jihatdan hamma narsa bizning qo'limizda edi, lekin "Nyukasl"ga hurmat bildirish kerak.
Ular bu o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rgani... biz bu qiyin bo'lishini bilardik, ammo o'yin davomida vaziyat biz foydalanishimiz kerak bo'lgan holatga tushib qoldik, lekin bundan foydalana olmadik. Menimcha, raqib kam sonli qolganida emas, shunchaki biz etarlicha yaxshi o'ynamadik deb o'ylayman. Bahona izlash mumkin emas. Hammamiz bu mag'lubiyat uchun javobgarmiz.
Bizga "xarakter etishmadi" degani emas, faqat o'yin sifatida muammo bor. Xarakterda emas. Biz g'alaba qozonishni xohladik. Ochko yo'qotgandan keyin bunday so'zlarni oson aytish mumkin. "Nyukasl" g'alabani haqli ravishda qo'lga kiritdi. Buni aytish og'ir, lekin shunday. Ishga qaytishimiz va keyingi o'yinni yaxshiroq o'tkazishimiz kerak.
Biz bitta o'yinda mag'lub bo'ldik, etarlicha yaxshi o'ynamadik, lekin umumiy manzaraga qarasak, biz yaxshi vaziyatdamiz", – dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi TNT Sports efirida.