
APL. "Manchester Siti" — "Nottingem Forest" 2:2
Gollar: 31 - Antuan Semeno, 56 - Morgan Gibbs-Uayt, 62 - Rodri, 76 - Elliot Anderson
"Manchester Siti": 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateus Nunesh, 21. Rayan Ait-Nuri (45. Abduqodir Husanov, 78'), 15. Mark Gexi, 3. Ruben Diash, 42. Antuan Semeno, 20. Bernardu Silva, 16. Rodri, 47. Fil Foden (11. Jeremi Doku, 78'), 10. Rayan Sherki (26. Savio, 82'), 9. Erling Holand.
Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 5. Jon Stounz, 6. Natan Ake, 4. Teyani Reynders, 7. Omar Marmush, 14. Niko Gonsales.
"Nottingem Forest": 26. Matc Sels, 34. Ola Ayna, 3. Neko Uilyams (4. Morato, 90'), 31. Nikola Milenkovich, 5. Murillo, 23. Jair Kunya, 6. Ibraim Sangare, 8. Elliot Anderson, 10. Morgan Gibbs-Uayt (22. Rayan Yeyts, 90'), 16. Nikolas Dominges (7. Kallum Xadson-Odoi, 64'), 19. Igor Jezus (9. Tayvo Avoniyi, 79').
Zaxira: 18. Angus Gann, 25. Luka Nec, 21. Omari Xatchinson, 24. Jeyms Makeyti, 14. Dan Ndoy.
Ogohlantirishlar: 45+1 - Ibraim Sangare, 60 - Murillo, 64 - Nikola Milenkovich, 90+4 - Matc Sels
90+9. Ayni shu chog'da o'yin yakunlandi!
90+9. So'nggi daqiqada dahshat vaziyat! "Nottingem" jarima maydonchasi ichida palapartishlik yuzaga keldi, "Siti" futbolchisi to'pni darvozaga tepdi, biroq buni himoyachi qaytarib qoldi!
90+6. Semenoning jarima zarbasidan tepgan to'pi biroz noaniq bo'ldi...
90+4. VAR ko'rib chiqdi va o'yin qoidasi buzilmaganini qayd etdi.
90+3. Rodrigo qulay vaziyatda zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi... Unga nisbatan qo'pollik ishlatilgan bo'lishi ham mumkin.
90+1. Xavfli zarba mehmonlardan! Burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan berilgan zarba biroz noaniq bo'ldi...
90. Bosh hakam o'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berdi.
89. "Siti" so'nggi daqiqalarni faol o'tkazmoqda.
88. Rodrigo o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga tepdi, rekoshetga uchrab Holandga bordi, Erling yiqildi, biroq yiqitilmadi, deb topildi.
84. Qani endi Husanov o'yin masalasini hal qilib ketsa edi...
82. Dokuning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi.
80. So'nggi 10 daqiqalik boshlandi. Qani, gol navbati kimga keldi?
78. Abduqodir Husanov o'yinga qo'shildi!

76. GOL! Anderson hisobni tenglashtirdi! Elliotning uzoq masofadan tepgan to'pi darvozaga kirdi!
74. Zo'r xabar! Abduqodir Husanov maydonga tushishga tayyorlanmoqda!
70. Holand jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo bosh hakam bu vaziyatda darvozabon tomonidan hujumchi yiqitilmagan deb topdi.
68. Maydon markazida to'p uchun kurash avjida. Har ikki jamoa vakillari har bir qarich uchun harakat qilishmoqda.
64. Xo'sh, "Nottingem" yana javob qaytara oladimi yoki "shaharliklar" xatosidan xulosa chiqarib, buyog'iga oradagi gollar farqini oshiradimi?

62. GOL! Rodri hisobni yana oshirdi! Burchakdan uzatilgan to'pni ispaniyalik yarim himoyachi darvozaga yo'lladi va gol urdi!
61. Holandning zarbasi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.
60 Buyog'iga o'yin "yonadi". Har ikki jamoa qaytadan boshlaydi.
58. "Siti" darhol hujumlarni oshirdi. Bernardu va Sherkining zarbasi raqib himoyachilaridan o'tmadi.

56. GOL! Gibbs-Uaytdan ajoyib gol! O'ng qanotdan to'p havolatib jarima maydonchasi tomon uzatildi, Jesus boshi bilan to'pni Morganga uzatdi, u esa darvozaga teskari turib, tovoni bilan zarba berib gol urdi!
52. Sherkidan zarba! Rayan bir himoyachidan juda chiroyli tarzda o'tib darvoza tomon zarba berdi, ammo bu noaniq edi...
49. Bernardu jarima maydonchasiga kirib borib, darvoza tomon erlatib zarba berdi va to'p darvozaga aniq bormadi... Ushbu vaziyatda Sels ham qaytargan ekan!
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi
45+2. Semenoning uzatmasiga zarba beradigan futbolchi topilmadi...
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
43. Holand o'tkir burchakdan kirib borib, zarba berdi, biroq aniq bo'lmadi.
41. "Siti" yaxshi hujum uyushtirdi, biroq oxiriga etmay qoldi. Ayt-Nuri Bernarduga to'pni uzatdi, portugaliyalik vingerning havolatib bergan uzatmasiga Holand zarba berolmadi.
34. "Nottingem" tezkor javob bermoqchi bo'ldi. Igor Jezusning xavfli zarbasini Donnarumma qaytarib yubordi!

31. GOL! Semeno hisobni ochdi! Sherkining havolatib uzatgan to'pini Antuan darvozaga joylab qo'ydi!
26. Mehmonlar tezlik bilan oldinga o'tdi, yakuniy zarbani Gibbs-Uayt berdi, ammo Donnarumma ushlab oldi.
23. Yana zarba Fildan! Yo'l-yo'lakay rekoshetga uchrab darvozabonning qo'liga borib tushdi.
22. Fodenning zarbasi anchagina noaniq ketdi.
19. Holand to'pni yaxshi olib qo'yib sheriklariga uzatdi, yakuniy zarba Bernardudan bo'ldi, uning tepgan to'pini darvozabon ushlab oldi!
16. Mezbonlar to'p nazoratini o'zlariga olishdi. Hujumlar uyushtirishga harakat bo'lmoqda, biroq hozircha "Nottingem" himoyasi yaxshi o'ynamoqda.
7. Sementodan kuchli zarba! Birozgina noaniq bo'ldi...
2. Yana bir zarba "Nottingem"dan. Bu safar tepilgan to'pni Janluiji ushlab oldi.
1. Mehmonlar o'yinni faol boshlashdi. Gibbs-Uaytning zarbasi "Siti" himoyachilariga tegib ortga qaytdi.
1. O'yin boshlandi!
- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APL 29-tur doirasidagi "Manchester Siti" — "Nottingem Forest" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif qilamiz!