O'FA va O'zPFL Superliga jamoalari vakillari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi

  • Mr.NoBoDy 20.02.2026 02:16
  • 111
  • 30

O'zbekiston futbol associaciyasida yangi mavsum oldidan Superliga jamoalari vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Bugun O'FA  hamda O'zPFL rahbariyati ishtirokida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari, reglament talablari, infratuzilma va bir qator muhim yo'nalishlar muhokama qilindi.

Yig'ilish davomida klublarga infratuzilmani doimiy yaxshilab borish, akademiyalar va ayollar futboliga etibor qaratish hamda klublar faoiliyatini professional tarzda tashkil etish yana bir marotaba eslatildi.

 Mutasaddilar tomonidan jamoalar vakillarining savollariga batafsil javob berilib, yangi mavsumni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Ўхшаш янгиликлар