
"OKMK professional futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish va hujum chizig'idagi taktik imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida o'zining sobiq legioneri Siavash Haqnazariyni ortga qaytardi.
Takidlash joizki, 2022-2023 yilgi mavsumlar davomida eronlik hujumkor yarim himoyachi «konchilar» safida yorqin o'yin namoyish etib, muxlislar mehrini qozonishga ulgurgan edi. Haqnazariyning so'nggi jamoasi Tojikistonning "Istiqlol" klubi bo'lib, u Dushanbe jamoasi safida 13 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi hamda 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi", - deb yoziladi klub bayonotida.
