
FIFA prezidenti Janni Infantino AQSH prezidenti Donald Tramp bilan muntazam ravishda birga vaqt o‘tkazmoqda. Infantino hatto «Tinchlik kengashi» (Peace Council) yig‘ilishida ham ishtirok etdi va u yerda a’lo kayfiyatda boshiga «USA» yozuvi tushirilgan kepkani kiyib ko‘rdi. Tadbir davomida Tramp Infantinoga qarata murojaat qildi.
«Bu yerdagilarning barchasi — davlat rahbarlari, Jannidan tashqari. Ammo u futbolning rahbari, shuning uchun bu unchalik yomon emas. Shundaymi, Janni? Menimcha, uning ishi hammasidan ham ko‘proq menga yoqadi», — deb bayonot berdi Tramp.
Avvalroq Janni Infantino Rossiya futboliga qo‘yilgan sanksiyalarni olib tashlashni qo‘llab-quvvatlagan edi. Rossiya jamoalari qariyb to‘rt yildan beri rasmiy xalqaro musobaqalarda ishtirok eta olmayapti.