
Chorshanba oqshomida "Arsenal" safarda "Vulverxempton" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.
"Aslida "Arsenal"ning chempion bo'lishini istayman. Chunki chempionning har xilligi liga uchun yaxshi. Shunda so'nggi 3 yilda ligani uch xil jamoa yutgan bo'lardi.
Biroq men biror jamoa katta farq bilan oldinga o'tib ketishini istamasdim. Shu sababli natijadan mamnunman. Oldinda bizni hayajonga soluvchi o'yinlar kutmoqda. Ligada intriga so'nggi turgacha saqlanib qolinadi. Bu Premer-liga uchun ham yaxshi", - dedi Karrager.