Liam Rosenor: "Istalgan turdagi irqchilikni qoralayman"

  • Mr.NoBoDy 19.02.2026 23:48
  • 448
  • 30

"Chelsi" bosh murabbiyi ECHLda Janluka Prestianni tomonidan Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik harakati haqida gapirdi.

"Bu jahlimni chiqardi. Istalgan turdagi irqchilikni qoralayman. Balki buning sababi bo'lgandir. Lekin bir gap aytaman: nafaqat futbolda, balki, jamiyatdagi istalgan irqchilikni qoralayman. Bu holatni mug'okama qilmoqchi emasman, chunki bu borada tekshiruvlar bo'lmoqda. Men ham Vinisius kabi xafa bo'ldim.

O'zim ham bunga ko'p duch kelganman. Bundan o'tgan bir qancha insonlarni ham bilaman. Lekin odamlar bundan faxrlanishlari kerak. Agarda murabbiy yoki futbolchi irqchilikni keltirib chiqarayotgan ekan, uning joyi futbolda emas.

Irq va jins - qiyin mavzu. Jamiyatdagi ko'plab insonlarning fikri o'zgarishi kerak. Bu meni bazida ko'p o'ylantiradi. Barchasi futbol yo'nalishi ichida bo'lishi kerak", - dedi "Chelsi" ustozi.

Ўхшаш янгиликлар