Mourinyu "Benfika"ning to'qqizinchi matbuot anjumanida qatnashmaydi

  • Mr.NoBoDy 19.02.2026 21:24
  • 153
  • 30

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyu yana bir bor faqatgina klub matbuot xizmati uchun matbuot anjumanida qatnashadi.

"A Bola" nashri malumotiga ko'ra, bu ECHL doirasida "Real"ga qarshi o'yinda Janluka Prestianni va Vinisius Junior bilan bog'liq munozarali hodisa bilan bog'liq. Vinisiusning harakatlari bo'yicha Mourinyu bir qancha tanqidli gaplar aytgandi.

Bulardan eng mashhuri: "Vinisius o'ynagan stadionlardagina shunday holatlar bo'lmoqda", degan gapi bo'lgandi.

"Benfika" navbatdagi uchrashuvini 21 fevral oqshomida "AVS SAD" jamoasiga qarshi o'tkazadi. "Real"ga qarshi javob o'yini 25 fevral oqshomida tashkillashtiriladi.

Ўхшаш янгиликлар