
Ushbu o'yinda "qaymoqranglar" vingeri Vinisius Junior irqchilik haqoratlariga duch kelgandi.
X ijtimoiy tarmog'ida joylangan bayonotda CBF braziliyalik futbolchi bilan yakdilligini bildirdi:
"Braziliya futbol konfederaciyasi Lissabonda "Benfika"ga gol urganidan keyin seshanba kuni navbatdagi irqchilik harakati qurboniga aylangan Vinisius Junior bilan birga ekanini bildiradi.
Irqchilik — jinoyat. Buni qabul qilib bo'lmaydi. Futbolda ham, boshqa joyda ham uning o'rni yo'q. Vini, sen yolg'iz emassan. Sening harakating — jasorat va qadr-qimmat namunasi. Biz sen bilan faxrlanamiz. Diskriminaciyaning barcha ko'rinishlariga qarshi qatiy kurashamiz. Biz sening yongingdamiz. Har doim".
CBF Vinisiusni qo'llab-quvvatlashda davom etishini va futbolda diskriminaciyaning har qanday ko'rinishlariga qarshi ekanini takidladi.
Avvalroq afsonaviy Terri Anri hodisa haqida fikr bildirgan edi.