
"Jamoaning yangi mavsum oldidan shakllantirilayotgan tarkibini yanada kuchaytirish, himoya chizig'ida barqarorlikni taminlash hamda futbolchining ko'p yillik tajribasini inobatga olgan holda, klub rahbariyati va futbolchi o'rtasida qayta muzokaralar o'tkazildi. Muzokaralar natijasiga ko'ra, Dilshodbek Ahmadaliev yana "konchilar" safida faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi. OKMK va mahoratli futbolchi o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.
Malumot o'rnida, Dilshod Ahmadaliev 2021 yildan buyon jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqtga qadar OKMK libosida 146 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan", – deyiladi xabarda.
Avvalroq 31 yoshli o'yinchi OKMKni tark etib, "Bunyodkor" safiga borib qo'shilgan edi.