Superliga klubi Nematovni sotib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy 14.02.2026 19:32
  • 1922
  • 30

"O'zbekneftgaz" AJ O'FAga xat chiqarib "Nasaf", "Buxoro" va "Bunyodkor" klublarini moliyalashtirishni to'xtatishi haqida ogohlantirgan edi.

"Nasaf" klubi maoshi nisbatan katta bo'lgan o'yinchilarini qo'yib yuborishga tayyor. "Ajdarlar" jamoada qolgan etakchilar bilan shartnomalarni uzaytirib ulgurishganini yaxshi bilasiz. Klub xaridor chiqsa etakchilarini katta bo'lmagan summaga sotib yuborishga tayyor. 

O'zbekistonning amaldagi chempioni "Neftchi" bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. Farg'onaliklar "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematovni sotib olmoqchi. Islom Ismoilov jamoasini bo'lajak mavsumda Superliga, O'zbekiston kubogi hamda Elit OCHL bahslari kutib turibdi.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun ilgari "O'zbekneftgaz" akciyadorlik jamiyati "Nasaf" klubini moliyalashtirishni to'xtatishi haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar