
Qo'shni mamlakatlar bellashuvida o'zbekistonliklarning qo'li baland keldi – 2:1. "Qaldirg'ochlar" safida gollarga Matiya Krivokapich va Shahboz Umarov mualliflik qildi. "Atirau" tarkibidagi yagona gol Abilayxan Jumabek hisobiga yozildi.
2025 yilgi mavsum "Atirau" Qozog'iston Premer-ligasi turnir jadvalida 13-o'rinni egallagan bo'lsa, "Bunyodkor" O'zbekiston Superligasida 5-pog'onadan joy olgandi.
Nazorat uchrashuvi
"Atirau" (Qozog'iston) – "Bunyodkor" 1:2
Gollar: Abilayxan Jumabek – Matiya Krivokapich, Shahboz Umarov
"Atirau": Xatkevich, Yashin, Kalmuratov, Yudenkov, Xvalko, Satanov, Takulov, Kereev, Jumabek, Dorofeev, Yusov
"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 67. Dilshod Ahmadaliev, 3. Sardor Rahmonov, 18. Narimon Axmadjonov, 15. Marko Bugarin, 66. Azizbek To'lqinbekov, 17. Bilol Toshmirzaev, 65. Nosir Abdusalomov, 10. Amir To'raqulov, 5. Samandar Mavlonqulov, 74. Matiya Krivokapich
Zaxiradan maydonga tushganlar: Muhammad Hakimov, Asadbek Rahimjonov, Dmitriy Pletnyov, Shahbozbek Umarov, Sardor Abdunabiev, Icuki Urata, Najmiddin Normurodov, Islom Anvarov, Mirkamol Annamatov, Egamberdi Sharipov


Eslatib o'tamiz, bir necha kun ilgari "O'zbekneftgaz" akciyadorlik jamiyati "Bunyodkor" klublarini moliyalashtirishni to'xtatishi haqida xabar berilgandi.