Sadriddin Abdullaev: "Lokomotiv" - yangi jamoa. Ichimdagi "futbolchi" hissini engib o'ta oldim"

  • Mr.NoBoDy 12.02.2026 19:40
  • 408
  • 30

"Lokomotiv" klubi murabbiyi Sadriddin Abdullaev Antaliyadagi yig'in doirasida saytimizga intervyu berdi.

"Lokomotiv" — yangi jamoa. Tarkibimizda 15 nafar yangi futbolchi bor. Bugun beshinchi o'yinimizni o'tkazdik. Sekin-astalik bilan bir jamoa bo'lib shakllanib boryapmiz. Tarkibdagi ko'pchilik avval birga o'ynagan. Kundan kunga jamoa jipslashib boryapti. Antaliyadagi sharoitlar yaxshi. Raqiblar ko'p, turli mamlakat klublari bilan o'ynash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Biz shundan foydalanishga harakat qildik va Chexiya, Ruminiya klublariga qarshi o'ynadik. Har bir mamlakatda o'zgacha futbol maktabi bor. Yig'in doirasidagi nazorat uchrashuvlarida qayd etilayotgan natijalarga etibor bermaymiz. Asosiysi, jamoani shakllantirib borish.

Bizda tarkib aralash. Masalan, 5 nafar futbolchining yoshi 30dan oshgan, qolganlari esa yoshlar. Tarkibimizda 2007 yilda tavallud topgan futbolchilar ham bor. Katta futbolchilarni jalb etganimizdan maqsadimiz shu. Yoshlarga tajriba ulashish va ularni tezroq professional futbolga etkazib berish. Faqat yoshlar yoki qariyalar bilan o'ynab bo'lmaydi.

Anvar Rahimovni U-21 jamoasiga bosh murabbiy qilib tayinladik. O'tgan yili U-19 jamoasida to'p tepgan futbolchilarni joriy mavsum "dubl"ga o'tkazdik. Sekin-astalik bilan ish olib boramiz.

Futbolchilikdan murabbiylikka o'tish oson emas ekan. Men ham biroz qiynaldim. Eng katta jasorat, "futbolchi" hissini yo'q qilish ekan. Ichimdagi "futbolchi" hissini engib o'ta oldim deb o'ylayman. Hayot hozir umuman boshqacha. Futbolchilik vaqtingizda ahamiyat bermagan narsalarga murabbiylik chog'i etibor bera boshlay ekansiz.

Superliga yanada qiziqroq bo'lishini kutyapman. Dastlabki 5-6 tur qiyin kechadi, keyin esa barcha jamoalar o'z o'rnidan joy ola boshlaydi", – deya fikr bildirdi Sadriddin Abdullaev.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar