
"The Sun" malumotlariga qaraganda, 19 yoshli futbolchini "Real", "Liverpul" va "Chelsi" yaqindan kuzatmoqda.
"Bornmut" yozdayoq Krupi bo'yicha takliflarni qabul qiladi. Futbolchining ehtimoliy transfer qiymati taxminan 80 mln funt atrofida baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Krupi o'tgan yili "Loryan"dan "Bornmut"ga o'tgandi. U Premer-liga joriy mavsumida 20 o'yinda 8 ta gol urdi va yuqori samaradorlik hamda katta Evropa klublari uchun munosib salohiyat namoyish etmoqda.