
"Bunday yig'inlar yangilik emas. Har yili Antaliyada yig'ilamiz. Deyarli har kun o'yin o'tkazyapmiz. Nazorat uchrashuvlari orqali taktik, texnik va jismoniy holatimizni yaxshilab olishga harakat qilyapmiz", – dedi futbolchi yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rilayotgani haqida.
- Jamoa qanchalik mavsumga tayyor?
- Har bir uchrashuvda maksimal raqobatbardosh bo'lishga intilamiz. Nazorat o'yinlari bilan Superliga bahslarining farqi katta. Hayajon va bosim bo'ladi.
- Yangi futbolchilar jamoaga qanchalik kirishib ketishdi?
- Ko'p futbolchilar bilan avvallari birga to'p tepganman. Yosh futbolchilar bilan bir-birimizni tushunib olsak bo'lgani.
- "Lokomotiv" o'z safiga faqat yoshi katta futbolchilarni yig'ib oldi degan fikrlar yangramoqda. Ushbu fikrlarga qanday munosabat bildirasiz?
- Tarkibda yoshlar ham ko'p. Yoshi o'tib qoldi deyishmoqda, ammo barchasini maydonda isbotlaymiz.
- Nega yana "Lokomotiv"ga qaytishga qaror qildingiz?
- Takliflar ichidagi eng maquli shu bo'ldi. Futbol muxlislarimizni yangi mavsumda stadionlarga chorlab qolamiz. Sizlar bilan futbol qiziqroq.