Retkliff tufayli butun dunyo yana MYU haqida gapira boshladi. Adidas ham oyoqqa turdi

  • Mr.NoBoDy 12.02.2026 16:48
  • 460
  • 30

INEOS kimyo guruhi asoschisi va "Manchester Yunayted" egalaridan biri Jim Retkliff Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy vaziyat haqida fikr bildirdi.

"9 million kishi nafaqa oladigan, shu bilan birga muhojirlar oqimi juda katta bo'lgan iqtisodiyotni tasavvur qilib bo'lmaydi. Buyuk Britaniya koloniya qilingan. Bu juda qimmatga tushmoqda.

Buyuk Britaniya muhojirlar tomonidan koloniya qilingan, shunday emasmi? Mamlakat aholisi 2020 yilda 58 million edi, hozir esa — 70 million. 

Bilmayman, bu tizim bilan bog'liqmi — u [Buyuk Britaniya bosh vaziri] Kir [Starmer]ga buni amalga oshirishga imkon bermadimi yoki u bunga juda yumshoqlik qilayaptimi. Yani, Kir yaxshi inson, u menga yoqadi. Ammo bu og'ir ish va menimcha, Buyuk Britaniyani to'g'ri yo'lga qaytarish uchun qiyin qarorlar qabul qilish kerak, chunki hozirgi kunda iqtisodiyot, mening fikrimcha, eng yaxshi holatda emas.

Menimcha, asosiy muammolarni hal qilish uchun malum vaqt mashhur bo'lmaslikka tayyor bo'lgan odam kerak", – dedi Retkliff Sky News'ga bergan intervyusida.

Shundan so'ng ko'plab kompaniyalar, xususan Adidas Football kompaniyasi ser Jim Retkliff o'zining noto'g'ri bayonoti uchun zudlik bilan uzr so'ramasa, "Manchester Yunayted" bilan tuzilgan homiylik shartnomasini bekor qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Bu klubga millionlab dollar zarar keltirishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar