
"Sherlar" polshalik hujumchi Pyotr Pajishek bilan shartnoma imzolash arafasida.
Futbolchi tez orada Toshkentga uchib keladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng tomonlar o'zaro shartnoma imzolaydi", – deyiladi xabarda.

32 yoshli hujumchi faoliyati mobaynida "De Grafsxap", "PEK Zvolle", "Emmen" (Niderlandiya), "Charlton Atletik" (Angliya), "Sent-Tryuyden", "Molenbek" (Belgiya), "Ranners" (Daniya), "Pyast", "Pogon" (Polsha), "Frozinone" (Italiya) va "Leganes" (Ispaniya) jamoalarida harakat qilgan, shuningdek, Polsha terma jamoasining U-17, U-18, U-19, U-20 va U-21 terma jamoalarida o'ynagan.
U o'tgan yili Finlyandiyaning "KuPS" jamoasi sharafini himoya qilgan. Transfermarkt portali uni 450 ming evroga baholagan.