Angliyaning Jahon chempionati oldidan so‘nggi raqiblari ma’lum

  • Mr.NoBoDy 12.02.2026 13:44
  • 207
  • 30

Inglizlar Jahon chempionati boshlanishidan oldin o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish uchun yana bir raqib topishdi. «The Mirror» nashri xabariga ko‘ra, Angliya terma jamoasiga Kosta-Rika raqiblik qiladi.

Uchrashuv 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Avvalroq inglizlar 6 iyun kuni Yangi Zelandiya bilan o‘rtoqlik o‘yinida to‘qnash kelishi ma’lum bo‘lgan edi. Har ikki bahs AQSHda, Floridadagi mashg‘ulot bazasi yaqinida o‘tkaziladi, biroq aniq manzil hozircha belgilanmagan.

Angliya va Kosta-Rika shu kungacha ikki bor to‘qnash kelishgan. 2018 yildagi o‘rtoqlik uchrashuvida inglizlar Markus Reshford va Denni Uelbekning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, undan 4 yil avval Jahon chempionati guruh bosqichida jamoalar nursiz durang (0:0) qayd etishgan.

Tomas Tuxel shogirdlari 17 iyun kuni Jahon chempionatidagi ishtiroklarini Xorvatiyaga qarshi o‘yin bilan boshlashadi. Shuningdek, ushbu guruhdan Gana va Panama terma jamoalari joy olgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar