Kiyinish xonasida keskin muhit: "Real"da Arbeloaga nisbatan etirozlar bor

  • Mr.NoBoDy 05.02.2026 09:48
  • 883
  • 30

"Real"ning bir qator futbolchilari jamoaning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning ayrim qarorlaridan norozi bo'lmoqda.

Malum qilinishicha, so'nggi kunlarda Arbeloa qabul qilgan ayrim qarorlar jamoa ichida hayrat uyg'otgan. Birinchi holat "Benfika"ga qarshi o'yinda kuzatilgan. Jamoa ichida Dani Sebalosning Lissabondagi bahsda bir daqiqa ham maydonga tushirilmagani tushunmovchilikka sabab bo'lgan. Bu o'yinda murabbiy Xorxe Sestero xizmatiga ustunlik bergan va futbolchilar bu borada o'z munosabatini murabbiyga bildirgan.

Ikkinchi holat "Santyago Bernabeu"da yuz bergan va Arbeloaning matbuot anjumaniga kechikishiga sabab bo'lgan. "Rayo Valekano"ga qarshi uchrashuvdan keyin kiyinish xonasida uzoq va keskin suhbat bo'lib o'tgan. Unda ayrim futbolchilar bilan murabbiy o'rtasida texnik va taktik masalalar yuzasidan kelishmovchiliklar kelib chiqqan.

Shu holatlar fonida "Real" kiyinish xonasidagi kayfiyat Arbeloaning ayrim qarorlariga nisbatan norozilik va taktik jihatdan yangiliklar yo'qligi bilan izohlanmoqda. Ayrim futbolchilar murabbiy almashganidan keyin ko'proq o'zgarishlar kutgani, ammo o'zlarini hanuz "Kastilya" jamoasi murabbiyi qo'l ostida mashg'ulot o'tayotgandek his qilayotgani takidlanmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar