Gvardiola davri tugamoqda? Pep mavsum yakunida "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 05.02.2026 01:32
  • 2041
  • 30

"Manchester Siti" va ingliz futbolida katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasligi haqida xabarlar paydo bo'ldi.

Vaziyat qanday? "BBC Sport" nashrining malum qilishicha, hozirda klub ichida Gvardiolaning kelajagi borasida katta mavhumlik hukm surmoqda. Kataloniyalik mutaxassis joriy mavsum yakuniga etgach, o'z lavozimini tark etishi ehtimoli juda yuqori.

Asosiy malumotlar:

Yakuniy qaror mavsum oxiriga yaqin qabul qilinishi kutilmoqda.

Agar Pep kelasi mavsumda ham jamoada qolsa, u 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomasini baribir yangilamaydi. Bu esa uning "shaharliklar" bilan xayrlashishi aniq ekanligini anglatadi.

Gvardiola 2016 yildan beri "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda va bu vaqt ichida klubni jahon futbolining haqiqiy gegemoniga aylantira oldi. Uning ketishi nafaqat "Siti", balki butun APL uchun katta yo'qotish bo'lishi mumkin.

Sizningcha, Gvardioladan keyin "Manchester Siti"ni kim boshqarishi kerak?

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar