
"Bizni tashlab ketishganini his qilyapman. Ko'p futbolchilardan foydalana olmayman. Ular qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi va bularning barchasi bir necha hafta va oylardan beri davom etmoqda. Bizda bor-yo'g'i 12 yoki 13 kishi bor va biz qo'llab-quvvatlashni his qilmayapmiz.
Sentyabr oyidan beri birinchi marta bir hafta ishlash imkoniyatiga ega bo'ldik va o'yindan bir kun oldin sardorimizni sotmoqdamiz. Men buni tushunolmayapman. Men har doim og'zimni yumib yurganman, lekin endi bunday qilolmayman, chunki futbolchilarni himoya qilishim kerak. Bugun ular 35-o'yinni o'tkazishdi.
Bu mavsumda ikkinchi marta o'yindan bir kun oldin yuragimizni sindirishmoqda. Yozda Eze ("Arsenal"ga) ketgan, hozir - Gehi ("Man Siti"ga). Futbolchilarga nima deyishim kerak? Ularga nima deyishim kerak?
Keyin esa ularning o'yinini 50, 60 daqiqa tomosha qilaman. Bizda 12 kishi borligini hisobga olsak, oson bo'lmadi. Men zaxira o'rindig'iga qarayman va javob berishning ilojini ko'rmayman, u erda faqat bolalar bor. Va bu faqat bugun emas - bu bir necha hafta davom etmoqda. Shuning uchun bugun shunchaki xafa bo'ldim”, - dedi jamoa bosh murabbiyi "Sanderlend"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:2).
Avvalroq, 51 yoshli avstriyalik mavsumdan so'ng "Kristal Pelas"ni tark etishini malum qilgandi: "Klubga yangi chaqiruv olmoqchi ekanligimni aytdim”.