
Alvaro Arbeloa jamoasi yana yomon o'yin namoyish qildi: ikki tezkor gol o'tkazib yubordi va so'nggi daqiqalarda nazoratni butunlay qo'ldan chiqardi.
Yakuniy hushtakdan so'ng ispan ommaviy axborot vositalari keskin tanqid bilan "portladi", eng shov-shuvli bayonot esa COPE nashri tomonidan yangradi.
Manba malumotiga ko'ra, "Real" rahbariyati endi murabbiylarni asosiy aybdor deb hisoblamaydi. Klub ichidagi fikrga ko'ra, asosiy muammo — futbolchilarning o'zi, ularning intizomi va ishga bo'lgan munosabati. Rahbariyat o'yinchilar haddan tashqari bo'shashayotgani va eng oddiy talablarni ham bajarmayotganidan norozi.
Shu bilan birga, "qirollik klubi" yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloaga to'liq ishonadi. Rahbariyat uni vaziyatni o'zgartirishga va hech bo'lmaganda qolgan ikki sovrin — La Liga va Chempionlar Ligasi uchun kurashni davom ettirishga qodir deb hisoblamoqda.
Biroq kutilmagan jihat ham bor: inqirozga qaramay, "Real" qishda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmayapti. Yangi transferlar ham, shov-shuvli imzolar ham bo'lmaydi — tarkib o'zgarishsiz qoladi va jamoani qiyin ahvoldan olib chiqish futbolchilarning o'z zimmasiga tushadi.
Ayni paytda "Real" La Ligada 45 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi va "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda. Chempionlar Ligasida esa madridliklar umumiy jadvalda 12 ochko bilan ettinchi o'rinda bormoqda.