Oleg Zoteev: "Jahon chempionatidagi raqiblar O'zbekistonni mensimay maydonga chiqadi"

  • Mr.NoBoDy 11.01.2026 02:16
  • 470
  • 30

"Lokomotiv" futbolchisi Oleg Zoteev saytimizga intervyu berdi.


– Sobiq jamoangizga qaytganingiz bilan tabriklaymiz. Boshqa takliflar bormidi?
– Qaytganimdan xursandman. "Lokomotiv"ning chempion bo'lgan tarkibi qayta shakllanayotganidan xursand bo'ldim.

– Tayyorgarlik jarayoni qanday o'tmoqda?
– Yig'inni Toshkentda boshladik. 28-yanvarga qadar shu erda bo'lamiz. So'ngra Turkiyada nazorat o'yinlarida ishtirok etamiz.

– Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Sizlar esa o'zaro o'yinga ko'proq urg'u qaratayotgandek taassurot qoldirdingizlar.
– Murabbiyning o'z rejalari bor. Bu isbotini topgan. Buning to'g'ri yoki noto'g'riligini mavsum davomida bilib olamiz.

– Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?
–Bu yil "jang" bo'ladi deb o'ylayman, lekin hamma jamoaning darajasi deyarli bir xil. To'g'ri, bir-ikki klub nisbatan kuchli bo'lishi mumkin, qolgan jamoalar esa, menimcha, bir xil darajada. Chempionat qiziqarli o'tadi.

– Jahon chempionati qurasiga munosabatingiz qanday, O'zbekiston guruhdan chiqa oladimi?

– Bu mundialga qanday tayyorgarlikka bog'liq. Terma jamoa may oyida yig'ilar ekan. Jarohatlar kam bo'lishi kerak. Bizda guruhdan chiqish imkoniyati mavjud deb o'ylayman. Futbolchilar yaxshi saviyada o'ynashmoqda.

– Demak, nomlar faqat qog'ozda.
– Bir haqiqatni aytishim kerak, guruhdagi raqiblar bizni mensimasdan maydonga chiqadi. Chunki biz debyutantmiz, shu bois bizga qarshi katta tayyorgarlik ko'rishmaydi. Bu jarayon boshimizdan o'tgan. Har tomonlama tayyorgarliksiz maydonda yaxshi o'yin namoyish etish qiyin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar