De Dzerbi «Tottenxem»ning yangi himoyachisi haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy03.09.2026 13:00
  • 18
  • 30

Angliyaning «Tottenxem Xotspur» klubi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi «Chelsi»dan himoyachi Tosin Adarabioyoning transferi haqida fikr bildirdi.

«Tosin — kuchli va jismonan baquvvat himoyachi. U ishonchli o‘ynaydi va eng yuqori darajadagi futbolchilarga qo‘yiladigan talablarni yaxshi tushunadi. Uning xarakteri va biz qurayotgan loyihaning bir qismi bo‘lish istagi ham menda katta taassurot qoldirdi. U bu klub sharafini himoya qilar ekan, zimmasida qanday mas’uliyat borligini yaxshi biladi.

Tosinning biz bilan ekanidan juda xursandmiz. Ishonchim komilki, muxlislarimiz ham tez orada u jamoaga qanday sifatlarni olib kirishi mumkinligini ko‘rishadi», — deya De Dzerbining so‘zlarini «Tottenxem» rasmiy sayti keltirdi.

Ўхшаш янгиликлар