Karlush Keyrush yana Gana terma jamoasini boshqaradi

  • Mr.NoBoDy03.09.2026 12:52
  • 12
  • 30

Gana futbol assosiasiyasi Karlush Keyrushning milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga qaytishi bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qildi.

73 yoshli portugaliyalik mutaxassis 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 finalida Kolumbiyaga 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng iyul oyi boshida Gana terma jamoasini tark etgan edi.

Gana mundialning guruh bosqichida Panamani 1:0 hisobida mag‘lub etdi, Angliya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va Xorvatiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Sentyabr oyida Gana terma jamoasi 2027 yilgi Afrika kubogi saralash bosqichida ishtirokini boshlaydi.

«Qora yulduzlar» saralash bosqichida Kot-d’Ivuar, Gambiya va Somali terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Ўхшаш янгиликлар