Fabregas A Seriyaning 2025/26 mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

  • Mr.NoBoDy03.09.2026 12:52
  • 9
  • 30

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra A Seriyaning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda Italiya futbolchilari assosiasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

39 yoshli ispaniyalik mutaxassis «Komo»ni 2024 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

2025/26 yilgi Italiya chempionatida «Komo» katta muvaffaqiyatga erishib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egalladi. Jamoa 38 turda 71 ochko to‘pladi va o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.

Yangi A Seriya mavsumida Fabregas shogirdlari dastlabki ikki uchrashuvda 4 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

4 sentyabr kuni «Komo» A Seriyaning 3-turida safarda «Jenoa»ga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар