
«Manchester Siti» bir transfer oynasi davomida yangi futbolchilar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan klubga aylandi.
Transfermarkt hisob-kitobiga ko‘ra, «shaharliklar» 2026 yil yozida transferlar uchun 526,2 million yevro sarfladi. Bu futbol tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.
Bir transfer oynasida eng ko‘p mablag‘ sarflagan klublar o‘nligi quyidagicha:
«Manchester Siti» — 2026/27 mavsumi yozi — 525 mln yevro;
«Liverpul» — 2025/26 mavsumi yozi — 483 mln yevro;
«Chelsi» — 2023/24 mavsumi yozi — 448 mln yevro;
«Chelsi» — 2026/27 mavsumi yozi — 407 mln yevro;
«Tottenxem» — 2026/27 mavsumi yozi — 366 mln yevro;
«Al-Hilol» — 2023/24 mavsumi yozi — 353 mln yevro;
«PSJ» — 2023/24 mavsumi yozi — 350 mln yevro;
«Real» — 2019/20 mavsumi yozi — 331 mln yevro;
«Chelsi» — 2022/23 mavsumi qishi — 330 mln yevro;
«Nyukasl» — 2026/27 mavsumi yozi — 301 mln yevro.
Shu tariqa, «Manchester Siti» bir transfer oynasida 500 million yevro chegarasidan o‘tgan ilk klub bo‘ldi.