«Chelsi» «Aston Villa» murabbiyiga qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy26.07.2026 20:26
  • 6
  • 30

Londonning «Chelsi» klubi ayni damda «Aston Villa»da faoliyat yuritayotgan standart vaziyatlar bo‘yicha tajribali mutaxassis Ostin Makfi bilan murabbiylar shtabini kuchaytirishga qiziqmoqda. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘klar» rahbariyati Birmingem klubi bilan Makfi transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Londonliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso ushbu mutaxassis bilan birga ishlashni xohlamoqda. shuningdek, «Aston Villa» murabbiyiga Angliyaning boshqa klublari va Saudiya Arabistoni jamoalari tomonidan ham qiziqish borligi ta’kidlanmoqda.

Ostin Makfi 2021 yildan beri «Aston Villa»da ishlab kelmoqda. Parallel ravishda 46 yoshli mutaxassis Roberto Martines boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasida ham standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiylik qilgan.

O‘tgan mavsumda «villaliklar» standart vaziyatlardan urilgan gollar bo‘yicha Londonning «Arsenal» klubi bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib olishdi, 2023/2024 yilgi mavsumda esa «Aston Villa» ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropaning top-5 ligalarida eng yaxshi klubga aylangan edi.

Ўхшаш янгиликлар