
«Inter Mayami» forvardi Luis Suares «Monreal»ga qarshi kechgan bahsda (1:0) penaltini aniq amalga oshirdi.
39 yoshli urugvaylik hujumchi MLSdagi golli seriyasini 3 ta o‘yinga yetkazib oldi (ushbu oraliqda u 6 ta gol urishga erishdi).
Suares liganing joriy mavsumidagi jami 13 ta o‘yinida o‘z hisobiga 9 ta gol va 1 ta golli uzatma yozib qo‘ydi.