«Everton» yangi vinger izlamoqda

  • Mr.NoBoDy19.07.2026 17:26
  • 93
  • 30

«Everton» «Ipsvich Taun»ning 24 yoshli vingeri Jeyden Filodjin transferini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Football Insider. Futbolchi jamoasiga Premyer-ligaga yo‘llanma olishda yordam bergan bo‘lsa-da, klubni o‘zgartirish niyatida.

Liverpul klubi agar «Manchester Siti» yarim himoyachisi Jek Grilishni o‘z safiga qo‘shib ololmasa, Filodjinga e’tibor qaratishi mumkin. «Irislar» «shaharliklar»ning yulduzli futbolchisini faqat pasaytirilgan narxda — 10 million funt sterling (taxminan 11,6 million yevro) dan kamroqqa xarid qilishga tayyor.

O‘tgan 2025/2026 yilgi mavsumda Jeyden Filodjin barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar