Saloh «Beshiktash»ga o‘tmoqchi

  • Mr.NoBoDy17.07.2026 18:52
  • 75
  • 30

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Muhammad Saloh Turkiyaning «Beshiktash» klubiga o‘tishdan manfaatdor, deb xabar bermoqda jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lu X ijtimoiy tarmog‘ida.

Manbaga ko‘ra, 1 iyuldan boshlab erkin agent maqomida bo‘lgan 34 yoshli misrlik futbolchi yiliga 15 million yevro maosh olishni ko‘zlamoqda. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.

2025/26 yilgi mavsumda misrlik futbolchi barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCH-2026 da u 5 ta o‘yinda 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar