Rasman: Aleks Kral faoliyatini «Kopengagen»da davom ettiradi

  • Mr.NoBoDy16.07.2026 17:52
  • 60
  • 30

Chexiyalik yarim himoyachi Aleks Kral endilikda «Kopengagen» sharafini himoya qiladi. Bu haqda Daniya klubining rasmiy sayti xabar berdi.

28 yoshli xavbek yangi jamoasiga erkin agent sifatida o‘tdi. Mehnat shartnomasining tafsilotlari oshkor qilinmagan.

U «Shalke», «Espanyol», «Slaviya» va boshqa jamoalar tarkibida ham o‘ynagan.

Kral hisobida Chexiya milliy terma jamoasi safida o‘tkazilgan 48 ta o‘yin va ikkita gol mavjud.

Ўхшаш янгиликлар