
«Komo» italiyalik yarim himoyachi Mattiya Liberali bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati. 19 yoshli futbolchi bilan tuzilgan kelishuv 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
«Komo»da o‘z yo‘limni boshlash — bu haqiqiy zavq. Men rivojlanish va yaxshilanishni juda xohlayman hamda bu borada klub bilan ko‘p o‘xshashliklarimiz borligini angladim. Shuningdek, murabbiy bilan ham gaplashdim va o‘yin falsafasi menga juda mos kelishini his qildim. Maydonga chiqishni va muxlislar bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman», — deya Liberalining so‘zlarini keltiradi «Komo» sayti.
Liberali — «Milan» tarbiyalanuvchisi. Mattiya «rossoneri» safida 2024 yilning 15 dekabrida, A Seriya doirasida «Jenoa»ga qarshi uy uchrashuvida (0:0) asosiy tarkibda debyut qilgan.
2025/2026 yilgi mavsumda italiyalik futbolchi «Katandzaro» safida barcha turnirlarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8,50 million yevroni tashkil etadi.