Rasman: Leandro Trossar — «Beshiktosh» futbolchisi

  • Mr.NoBoDy14.07.2026 18:39
  • 51
  • 30

Belgiyalik vinger Leandro Trossar faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi.

«Beshiktosh» o‘z sahifalari orqali 31 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Kelishuv uch mavsumga mo‘ljallangan. Shuningdek, shartnomada uni yana bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud.

Avvalroq matbuotda «Arsenal» Trossar transferi evaziga 18 million yevro atrofida kompensasiya olishi haqida ma’lumotlar tarqalgandi. U London jamoasi safida 2023 yildan buyon to‘p surib kelayotgandi.

O‘tgan mavsumda Trossard «Arsenal»ga uzoq kutilgan APL oltin medallarini qo‘lga kiritishda yordam berdi. U 2025/26 yilgi mavsumda jami sakkizta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар