«Kristal Pelas» ispaniyalik himoyachining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • Mr.NoBoDy09.07.2026 10:00
  • 33
  • 30

«Kristal Pelas» himoyachi Oskar Mingesani o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Ispaniyalik futbolchi London klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shiladi. O‘yinchining «Selta» bilan tuzgan shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga yetgan edi. «Kristal Pelas»da Mingesani yozgi transferlar oynasining asosiy «yashirin» maqsadlaridan biri sifatida ko‘rib chiqishgan.

Manbaga ko‘ra, bitimning barcha shartlari so‘nggi 48 soat ichida kelishib olingan. Transfer deyarli yakunlangan deb hisoblanadi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 18 million yevroni tashkil qiladi.

Ўхшаш янгиликлар