«Vilyarreal» yarim himoyachisi La Liganing boshqa klubiga o‘tdi

  • Mr.NoBoDy09.07.2026 09:13
  • 30
  • 30

«Xetafe» «Vilyarreal» yarim himoyachisi Ramon Terratsning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shartnoma 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv summasi 2,5 million yevroni tashkil etdi. Uning «Vilyarreal» bilan bo‘lgan avvalgi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan edi.

25 yoshli ispaniyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsumni «Espanyol»da ijara asosida o‘tkazdi. U 31 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. U faoliyati davomida «Jirona» sharafini ham himoya qilgan.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini uch million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар