«Manchester Yunayted» «Portu» vingeriga jiddiy qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy30.05.2026 13:13
  • 27
  • 30

TEAMtalk nashrining yozishicha, ingliz klubi vakili 20 yoshli braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun Portugaliyaga jo‘nab ketdi. Gomesga, shuningdek, «Atletiko», «Arsenal», «Nyukasl» va «Roma» klublari ham ko‘z tikmoqda.

O‘tgan mavsumda Gomes «Portu»ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. U jamoaga 2022 yildan buyon birinchi chempionlikni qo‘lga kiritishda yordam berdi va barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 13 ta gol hamda ikkita golli uzatmani yozib qo‘ydi.

Xabar qilinishicha, bir nechta Yevropa klublari vakillari futbolchining holati bilan yaqindan tanishish uchun Portugaliyaning shimoliga tashrif buyurishgan. Biroq hozircha rasmiy takliflar kelib tushmagan.

«Portu» o‘z yosh yetakchisi bilan xayrlashish niyatida emas va futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulining to‘liq summasini olmoqchi. Ushbu mablag‘ 80 million yevroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar