
Kataloniyaning «Barselona» klubi «Inter» himoyachisi Denzel Dyumfrisning vakillari bilan muzokara o‘tkazdi.
«Barselona» sport direktori Deku va bosh murabbiy Hansi Flik niderlandiyalik futbolchining o‘yinlarini yuqori baholashmoqda. Klub rahbariyati Dyumfrisni jamoaning o‘ng qanot himoyasi uchun muhim variant sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» mazkur transferni amalga oshirish uchun avvalo Jyul Kundeni kamida 60 million yevro evaziga sotishi kerak.
Futbolchi haqida qisqacha ma’lumot:
Ismi: Denzel Dyumfris
Yoshi: 30 (1996 yil 18 aprel)
Bozor qiymati: taxminan 23,6 – 24,8 million yevro
Shartnoma holati: «Inter» bilan amaldagi kelishuv 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan
Joriy mavsumdagi natijalari: «Inter» safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.