«Real» hujumchisiga to‘rtta yirik da’vogar bor

  • Mr.NoBoDy30.04.2026 09:00
  • 21
  • 30

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya yozgi transfer oynasida boshqa klubga o‘tishi mumkin.

Ispaniyalik futbolchi «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibiga kira olmayapti, shu sababli yoz yaqinlashgani sayin uning ketishi haqidagi mish-mishlar avj olmoqda. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Yuventus», «Roma», Dortmundning «Borussiya»si va Angliya Premyer-ligasining nomi oshkor etilmagan vakillari qiziqish bildirmoqda.

Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari Gonsalo Garsiyaning qiymatini 30 mln yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda hujumchi madridliklar safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар