Rafinyaga Saudiya Arabistonidan katta takliflar keldi

  • Mr.NoBoDy30.04.2026 08:26
  • 12
  • 30

«Barselona» vingeri Rafinya Dias kelayotgan yozda saxovatli takliflar olishi mumkin. Braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klublari e’tiborini tortdi – ular o‘ta manfaatli shartlar taklif qilishga tayyor. Biroq, Mundo Deportivo nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda 29 yoshli futbolchi o‘zini to‘liq «Barsa»ga bag‘ishlagan va hech qayerga ketish niyatida emas. «Ko‘k-anorranglilar» rahbariyati ham muhim futbolchisini sotish fikridan yiroq.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Rafinya Diasning bozor qiymati 80 mln yevroni tashkil etadi, uning Kataloniya grandi bilan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар