«Bavariya» va «Chelsi» rad etgan hujumchi: Nikolas Jekson uchun Seriya A grandlari qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy29.04.2026 13:13
  • 15
  • 30

«Chelsi»dan ijaraga olingan «Bavariya» hujumchisi Nikolas Jekson A Seriyada paydo bo‘lishi mumkin.

Myunxen klubi futbolchini sotib olmaslikka qaror qildi, «Chelsi» ham senegallik forvardga asosiy e’tiborni qaratmasligi aniq. Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lumotiga ko‘ra, «Yuventus» vaziyatni kuzatib bormoqda — turinliklar ijara variantini ko‘rib chiqishyapti. Shuningdek, hujumchi bilan shartnoma imzolashga «Milan» ham qiziqish bildirmoqda.

Nikolas Jekson «Bavariya»dagi joriy mavsumida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар