Ikki nafar hujumchi «Manchester Yunayted» transfer ro‘yxatiga kiritildi

  • Mr.NoBoDy11.04.2026 15:52
  • 93
  • 30

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi nomzodlarni belgilab oldi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, «qizil iblislar»ning short-listiga hujumchilar — Yan Diomande va Iliman Ndiaye kiritilgan. 19 yoshli Diomande hozirda "RB Leypsig" safida yorqin mavsum o‘tkazmoqda — u Bundesligada 27 o‘yinda 10 ta gol urdi. Uning Germaniya klubi bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.

O‘z navbatida, "Everton" senegallik hujumchi Iliman Ndiaye Premyer-liganing joriy mavsumida 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» "Aston Villa" yarim himoyachisi Morgan Rojersga ham qiziqish bildirmoqda. Klub kelasi mavsum oldidan hujumning chap qanotini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Ўхшаш янгиликлар