Holand kutilmagan transfer qarorini qabul qildi

  • Mr.NoBoDy15.02.2026 13:26
  • 63
  • 30

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bosh murabbiy Pep Gvardiolaga, agar u klubni tark etsa, o‘zi ham ketishga tayyorligini ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, Xoland Britaniya OAVlarida Gvardiolaning ehtimoliy vorislaridan biri sifatida tilga olinayotgan Enso Mareska boshqaruvidagi "Manchester Siti"da o‘ynash variantini ko‘rib chiqmayapti. Shu bilan birga, hujumchi amaldagi murabbiylar shtabi bilan ishlashdan manfaatdor ekani va Gvardiola klubda qolishiga umid qilayotgani ta’kidlangan.

Xolandning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, yangi kelishuv Gvardiolaning tavsiyasi bilan imzolangan va forvardning kelajagi bevosita bosh murabbiyning qaroriga bog‘liq. Murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz bergan taqdirda, norvegiyalik futbolchi ketish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

Qayd etilishicha, bu vaziyat Madridning "Real" klubi uchun qo‘l kelishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, "qirollik klubi" yaqin transfer oynasidayoq Xolandni qo‘lga kiritish harakatlarini faollashtirishga tayyor.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar