"Manchester Yunayted" Andre Onana borasida yakuniy qarorga keldi

  • Mr.NoBoDy14.02.2026 15:52
  • 57
  • 30

"Manchester Yunayted" hozirda ijara asosida Turkiyaning "Trabzonspor" klubida to‘p surayotgan kamerunlik darvozabon Andre Onana borasidagi rejalarini belgilab oldi.

"Sun Sport" jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, "qizil iblislar" rahbariyati afrikalik posbonni yozgi transfer oynasida sotishga qaror qilgan. 28 yoshli futbolchining bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Onananing "Trabzonspor" bilan ijara shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Turkiya chempionatining joriy mavsumida Andre 17 ta uchrashuv o‘tkazdi. Darvozabon o‘z darvozasidan 22 ta to‘p olib chiqdi va to‘rtta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar