"Nyukasl" o‘z yulduzini 98 million yevroga baholadi

  • Mr.NoBoDy14.02.2026 15:39
  • 48
  • 30

"Nyukasl" vingeri Entoni Gordon Angliya Premyer-ligasining bir nechta top-klublari qiziqishlar doirasida bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda "Caught Offside".

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli hujumkor yarim himoyachini Londonning "Arsenal", "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Hozirda Gordon uchun kurashda "qizillar" asosiy favorit hisoblanmoqda.

O‘z navbatida, "Nyukasl" faqat 98 million yevrodan kam bo‘lmagan taklif tushsagina muzokaralar olib borishga tayyor.

Joriy mavsumda Entoni 34 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar