Dyumfris APL va La Liga grandlari orasida talash bo‘ladi

  • Mr.NoBoDy14.02.2026 15:39
  • 48
  • 30

Milanning "Inter" klubi qanot himoyachisi Denzel Dyumfris joriy mavsum yakunidan so‘ng jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, kelayotgan yozda Dyumfrisning shartnomasida 25 million yevro miqdoridagi tovon puli haqidagi band kuchga kiradi. Biroq undan faqat Italiya chempionatida ishtirok etmaydigan klublar foydalanishi mumkin.

Manbaning ta’kidlashicha, yozda Madridning "Atletiko" klubi qishki transfer oynasida Dyumfrisni qo‘lga kiritishga uringan "Liverpul"ga raqobat taklif qilishga tayyor.

Ushbu mavsumda 29 yoshli niderlandiyalik futbolchi barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar