
"Bu mavzuning ommaga bunday olib chiqilishini tushunmayman. Futbolchining hisobiga bunday ishlar qilinishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Albatta, klub futbolchi sifatida har birimizdan ustun, lekin u insonning o'zidan ustun bo'la olmaydi. Bu - "Bavariya" ruhiyatiga to'g'ri kelmaydigan va oshib o'tish mumkin bo'lmagan chegara", – dedi Kimmix.

Avgust oyidagi o'rtoqlik o'yinlarida ikki bor, 16 noyabr kuni esa mashg'ulotda hushidan ketgan Musialaning avvalgi darajasiga qaytishiga Uli Xyoness va Yan-Kristian Drezen shubha bildirgan, Karl-Xaync Rummenigge esa 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma shartlari qayta ko'rib chiqilishi mumkinligini aytgandi.
24 noyabr kuni "Bavariya" rahbariyati Musiala vakillari bilan uchrashdi va tomonlar futbolchining sog'lig'i ustuvor vazifa ekanini ta'kidlab, muzokaralarni maxfiy tarzda davom ettirishga kelishib olishdi. Musiala joriy mavsum 6 ta o'yinda 2 ta gol urgan va 1 ta assist qayd etgan.