
"Juda xursandman. Butun "Lill" uchun muhim g'alaba. Ayniqsa, yigitlar uchun baxtiyorman - ular bu muvaffaqiyatga loyiq edi, chunki bor kuchlari bilan kurashishdi. Bu bizning eng muhim g'alabamiz, buning ustiga o'z uyimizda shunday raqib ustidan. Bundan yaxshirog'i bo'lishi mumkin emasdi. Albatta, men uchun bu o'zgacha o'yin, chunki "Bavariya" bilan juda yaxshi xotiralarim bog'liq. Bu buyuk klub. U yerda ishlaganimga 9 yil bo'ldi, ammo hali ham u yerda do'stlarim ko'p", – deya Anchelottining so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.
"Lill" 4 ochko jamg'arib, CHL umumiy bosqichi turnir jadvalida 29-o'rinni egallab turibdi. "Bavariya" esa 15-pog'onaga tushib ketdi - 8 ochko.