YCHL. "Real Madrid" o'z maydonida PSVni tor-mor etdi

  • Mr.NoBoDy 25.11.2026 02:56
  • 90
  • 30

UEFA Chempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

"Real Madrid" – PSV 5:1

Gollar: 32 - Ivan Perishich, 50 - Federiko Valverde, 60 - Jud Bellingem, 64, 84 - Kilian Mbappe, 87 - Vinisius Junior

“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 17. Mark Kukurelya, 22. Antonio Ryudiger (16. Ibraima Konate, 46’), 3. Eder Militao (4. Din Xyoysen, 46’), 7. Vinisius Junior, 20. Bernardu Silva, 14. Orelen Chuameni (5. Jud Bellingem, 46’), 8. Federiko Valverde, 15. Arda Gyuler (6. Eduardu Kamavinga, 70’), 25. Yan Diomande (21. Braim Dias, 80’), 10. Kilian Mbappe.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Serxio Mestre, 12. Trent Aleksander-Arnold, 18. Alvaro Karreras, 24. Denzel Dumfris, 19. Karlos Espi, 27. Tyago Pitarch.

PSV: 32. Matey Kovarj, 8. Serjino Dest, 2. Lyutsxarel Gertreyda, 4. Armando Obispo, 18. Filip Kostich (3. Yarek Gonsyorovski, 70’), 24. Kodai Sano (6. Rayan Flamingo, 78’), 20. Gus Til, 5. Ivan Perishich (19. Esmir Bayraktarevich, 46’), 21. Sven Meynans, 7. Ruben van Bommel (35. Ayoni Santush, 83’), 10. Paul Vanner (31. Noa Fernandes, 70’).

Zaxira: 1. Nik Olay, 51. Teyn Smolenars, 25. Kiliann Sildilya, 27. Dennis Man, 9. Rikardo Pepi, 29. Sem Lammers.

Ogohlantirishlar: 30 - Orelen Chuameni, 42 - Filip Kostich, 44 - Antonio Ryudiger, 81 - Eduardu Kamavinga

90+3. O'yin yakunlandi.

90+2. Bernardu darvozaga yaqin masofadan zarba berdi, ammo noainq bo'ldi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Nima deyishgayam xayronsan kishi, shunchaki super. Ikkinchi bo'limda PSV shunchaki maydonda uyoqdan buyoqqa yurdi, xolos.

gettyimages-2306717490-2048x2048.jpg

87. GOL! Vinisius nihoyat urdi! Judning ajoyib uzatmasidan so'ng Vini birga bir chiqib bordi, Junior darvozabonning oyoqlari orasidan to'pni kiritdi!

85. “Real” bir taymning o'zida barchasini hal qilib tashladi.

gettyimages-2306213119-2048x2048.jpg

84. GOL! Mbappedan dubl! Braimning ajoyib harakatlari va uzatmasidan so'ng Kilian birga bir vaziyatga chiqib bordi, u darvozabonni aldab o'tib, to'pni kiritdi.

80. Bellingemning yana bir zarbasiga himoyachilar blok qo'ya olishdi.

72. Yana Vini! Bu safar uning zarbasi ustunga tegib qaytmoqda…

69. Vinisius yana birga bir chiqib borib zarba berdi, biroq darvozabon bartaraf etdi…

66. Vini… juda yaqin masofadan zarba berdi, biroq to'p ustunga tegib qaytmoqda…

65. O'yin taqdiri 99% hal.

gettyimages-2306714680-2048x2048.jpg

64. GOL! Mbappe barchasini hal qildi! Himoyachining xatosidan so'ng Gyuler to'pni Kilianga berdi, uning zarbasi golga aylandi!

63. Madrid tinmayapti, yana hujumlarga intilmoqda jamoa.

61. Vuxxxx, bu qanday o'yin-a?! Birinchi bo'lim boshqa, ikkinchi bo'lim boshqa…

gettyimages-2306713953-2048x2048.jpg

60. GOL! Dahshat gol, super gol! Jud! Bu o'sha Jud! To'pni bitta o'ziga to'g'rilab, kuchli zarba berdi va gol urdi! Shoh asar!

59. Gyulerning uzatmasidan so'ng Valverde kuchli zarba berdi, ammo “to'p oyoqqa tushmadi”.

56. Mbappening ajoyib uzatmasidan so'ng Jud akrobatik uslubda zarba berdi, darvozabondan super seyv!

53. Mbappe bir necha himoyachi orasidan turib zarba berdi, darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi.

52. Gyulerning zarbasini darvozabon qaytardi…

51. Yana “Real” oldinga yurish qilmoqda.

gettyimages-2306712550-2048x2048.jpg

50. GOL! Valverde hisobni tenglashtirdi! Vini chapdan markazga uzatdi to'pni, so'ng Diomande Gyulerga, Arda tovoncha qilib ortga - so'ng Fede ajoyib zarba bilan, darvozani ishg'ol qildi!

47. Valverde o'ngdan yurish qilib to'pni markazga uzatdi, biroq hech kim yakuniy zarbani bera olmadi.

46. Bo'limni “Real” biryo'la uchta o'zgarish bilan boshladi. Demak, Mourinyoga dastlabki bo'lim maqul kelmagan.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

40. Sven Meynans o'tkir burchakdan bergan zarbasi muaffaqiyatsiz chiqdi.

38. Yana bir bor Vini offsaydda qolmoqda…

34. Mbappening uzoqdan tepgan to'pi aniq bormadi.

34. Yana PSV bosim qilmoqda, sal qolsa Perishich Kurtuadan to'pni olib qo'yishi mumkin edi…

33. Endi madridliklar yanada faollashishi shubhasiz!

gettyimages-2306708621-2048x2048.jpg

32. GOL! Perishich hisobni ochdi! Ivan penaltini aniq amalga oshirdi!

30. Penalti, “Raal” darvozasi tomon.

30. Chuameni raqibiga nisbatan “Real” jarima maydonchasi ichida qo'pol o'ynadi. Holat VARda ko'rilmoqda.

28. Sanoning uzoqdan tepgan to'pi aniqbo'lmadi…

25. Tempni biroz pasaytirishdi har ikki jamoa ham, oxirgi o'n daqiqada aytarli vaziyat ko'rmadik.

16. Destning navbatdagi zarbasi ham aniq bo'lmadi.

14. “Real” zo'r qarshi hujumga o'tib ketdi, biroq Mbappe, Gyuler va Diomande vaziyatdan unumli foydalana olishmadi.

11. Vinisiusning olisdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

9. Yana PSVdan hujum: bu safr zarba muallifi Dest, biroq to'p aniq bormadi darvozaga.

4. van Bommel darvozabon bilan qariyb birga bir vaziyatga chiqib bordi, biroq uning zarbasi noaniq bo'ldi.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni YCHLning 5-turidan o'rin olgan "Real Madrid" – PSV bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Ўхшаш янгиликлар