CAS Senegal terma jamoasini Afrika Kubogi g'olibi deb tan oldi

  • Mr.NoBoDy 24.11.2026 20:40
  • 45
  • 30

Senegal terma jamoasi 2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi g'olibi deb etirof etildi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) Marokashning apellyaciyasini qanoatlantirgan va 98-daqiqada Braim Diasga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan penaltidan so'ng maydonni tark etgani sababli turnir finalida Senegal terma jamoasiga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozgan edi. Senegal tomoni ushbu qaror ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat kiritdi.

Sud senegalliklar foydasiga qaror chiqardi va uchrashuvning dastlabki natijasini - 1:0 hisobini o'z kuchida qoldirib, ularni musobaqa g'olibi deb tan oldi.

Bu Senegal uchun Afrika Kubogidagi ikkinchi g'alaba hisoblanadi. Marokash hisobida esa endilikda bitta sovrin mavjud.

Ўхшаш янгиликлар